Yaponiyada yangi koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi

Yaponiyada yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallanganlar umumiy soni hozirda 250 nafarga yetgan. Birinchi o‘lim holati Kanagava prefekturasida qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Yaponiyada yangi koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilmoqda.

Xubeyda koronavirus yuqtirganlar soni bir sutkada keskin oshdi

Qayd etilishicha, Tokiodan uzoq bo‘lmagan Kanagava prefekturasida 80 yoshli ayol vafot etgan.

Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talabaning hikoyasi

Yaponiyada yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallanganlar umumiy soni hozirda 250 nafarga yetgan. Ularning aksariyati Yaponiyaning Iokogama shahri portida karantindagi Amerikaning Diamond Princess kruiz kemasi yo‘lovchilari va ekipaj a’zolaridir.