Toshkentda keksa cholni kaltaklagan erkak qidirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda otasini xo‘rlayotgan erkak aks etgan videorolik tarqaldi. IIV axborot xizmatining ma’lumot berishicha, hozirda ushbu erkak qidirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik.  Ayni damda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videorolik keng jamoatchilikning keskin muhokamasigaa sabab bo‘lmoqda. Hodisa Mirzo Ulug‘bek tumaninig Lunacharskiy hududida sodir bo‘lganligi aytilmoqda.

Norasida farzandlarini kaltaklab, bu holatni videoga olgan ota aniqlandi

Videorolikda noma’lum erkak keksa, himoyaga muhtoj cholning yuziga ikki kafti bilan tarsaki tortadi. Ota unga kalish poyabzalini  qidirganligini aytadi. 

“Kerakmas uyda kalish, uyda hech kim kalish kiymaydi”,-  deydi yana cholga kaltaklashga xezlangan erkak.

IIV axborot xizmatining ma’lumot berishicha, hozirda ushbu voqeaning qayerda sodir bo‘lganligi va cholni kaltaklagan erkakning shaxsi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.