Mehnat migrantlariga uy qanday tartibda beriladi - ekspert izohi

Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi
Sputnik

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi belgilandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Labor migration – mehnat migrantlarini himoya qiladi

Tartibga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. ariza beruvchi talabgor sifatida "labor_migration" dasturiy majmuasidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Ushbu dasturdan ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza beruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki uning hududiy filiallariga murojaat qilishlari lozim bo‘ladi. Arizani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila a’zosi (otasi, onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi) beradi.

Migrantlar 9-yilda Rossiyadan qancha pul olib ketgani ma’lum bo‘ldi

2. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida dasturdan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar www.labormigration.uz rasmiy veb-saytda doimiy e’lon qilib boriladi.

Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi.

Komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.

Komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va b.) aniqlaydi.

3. Arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

O‘zbekistonda migrantlar yagona ma’lumot bazasi tashkil qilinadi

Yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.

2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha: imtiyozli davr – 1-yil; - kreditdan foydalanishning birinchi 5-yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi Farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.