Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

Xubey universiteti talabasi, tojikistonlik Baxtiyor Shukurzoda vatanga qaytishni emas, balki Xitoyda qolishni tanladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Yaqinda Xitoyda koronavirus tarqalishi tufayli tojikistonlik talabalarni Uxandan evakutsiya qilinishiga qaramasdan, Xitoyda qolishni afzal ko‘rganlar ham topildi.

“Karantin, narxlar ikki baravar oshdi”: o‘zbekistonlik talaba Uxandagi vaziyat haqida

Xubey universiteti moliya fakulteti aspirantura ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan 23 yoshli Baxtiyor Shukurzoda Xitoyda qoldi. Bu haqda "Jenmin jibao" nashri xabar qildi.

Talaba pnevmoniya haqida birinchi marta o‘tgan yil dekabrda eshitgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, virus dastlab tarqalmaganligi, va uning hech qanday e’tiborini jalb qilmaganini qayd etdi.

Biroq, bir oz vaqtdan so‘ng vaziyat qizishni boshladi: kasallik holatlalari ko‘paydi va birinchi vafot etganlar paydo bo‘ldi.

Baxtiyorning so‘zlariga ko‘ra, Uxan shahrida keskin choralar ko‘rilishi boshlanishi bilan u ham o‘z xavfsizligi haqida o‘ylashga tushdi. Shaharda jamoat transporti harakati to‘xtadi, ko‘chalar bo‘shab qoldi, hatto uning oliygohi ham yopiq boshqaruvga o‘tdi.

Universitet talabalar xavfsizligini ta’minlashga harakat qilib, yangi o‘quv semestrining boshlanishini boshqa vaqtga qoldirdi va onlayn darslarini taqdim etdi. O‘qishni davom ettirishga qaror qilgan talabalarga uchun maxsus supermarket ham ajratildi.

Tojikistonlik talabaning so‘zlariga ko‘ra, endi u kuni bilan yotoqxonada kitob o‘qimoqda, kamdan-kam hollarda tashqariga chiqmoqda. Koronavirus epidemiyasi tufayli uning bugungi hayoti yotoqxona, oshxona va balkonda o‘tmoqda.

“Ishonchim komilki, Xitoy tez orada virus ustidan g‘alaba qozonadi. Men, birinchi navbatda, epidemiya tugashi bilan shaharni aylanib chiqishni istayman!”, - degan istakni bildirdi talaba.

Talaba ota-onasi bilan telefon orqali tez-tez muloqot qilmoqda, ular uni ko‘chaga chiqmaslikni so‘rashmoqda.

“Men ularni hammasini to‘g‘ri bajaraman, deb ishontiraman. Xitoydagi Tojikiston elchixonasi xodimlari biz bilan har doim aloqada bo‘lib turibdi”, - deydi Baxtiyor.

Umuman olganda, tojikistonlik talaba karantin tadbirlarining muhimligini yaxshi tushunadi va ularga amal qiladi, chunki u epidemiya to‘xtatishini juda xohlaydi.

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

"Men Xitoyda yuqumli kasallikka qarshi kurashish ishlarining professionalligiga ishonaman, ammo buning uchun vaqt kerak. Bunday virusning oldini olish va nazorat qilish uchun dunyoning har qanday mamlakatiga vaqt va kuch kerak bo‘lardi", - dedi u.

Shu bilan birga, yigit bemorlar bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

11 fevral kuni Uxandan Tojikistonga maxsus samolyotda talabalarni olib keldi. Vatanga 50 kishi qaytdi, ulardan 46 nafari talabalar. Xitoyda 10 nafar fuqaro qoldi.

Ta’kidlanishicha, 3 nafar talabaning o‘zlari Xitoyni tark etishni rad etishgan, yana yetti nafarida isitma chiqqanligi tufayli davolanishga yuborilgan.