Mirziyoyev va Putin oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali so‘zlashdilar. Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi

Suhbatda davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi jadal rivojlanib borayotgani hamda strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chog‘ida oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi kun tartibini tayyorlash, jumladan, tashrif doirasida navbatdagi hududlar va rektororlar anjumanlarini, media-forum va boshqa tadbirlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi yilida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.