Mardikor bozorlari “Kunlik ishchilar markazi”ga aylanadi

Sobiq "mardikor bozorlari" zamonaviy "kunlik ish markazlari"ga aylantiriladi - Bandlik va mehnat munosabatalari vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Toshkentda mardikor bozori o‘rniga “Kunlik ishchilar markazi” ochildi, deb xabar qilmoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kunlik ish qidirayotgan odam ushbu Markazda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Markazda shuningdek ish beruvchilar va taklif qilinayotgan ishlar ro‘yxati ham mavjud.

Mardikor bozorlari “Kunlik ishchilar markazi”ga aylanadi

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Markazda kutish xonasi va oshxona bor. Shuningdek, ishchilar bu yerda o‘z huquqlari, mehnat xavfsizligi qodalari bilan tanishib chiqishlari mumkin. 

Mardikor bozorlari “Kunlik ishchilar markazi”ga aylanadi