Chelyabinskdagi YTHda o‘zbekistonlik ayol qurbon bo‘ldi

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Chelyabinsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi.

Navoiydagi ayanchli YTHda haydovchi va bir yoshli go‘dak qurbon bo‘ldi

TIV matbuot xizmatining mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 7-fevral kuni Chelyabinsk viloyati hududida yo‘lda YTH sodir bo‘lgan. Unda 3 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi M.R. vafot etgan. O‘zbekiston fuqarolari M.N. va A.R. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan. Jarohatlanganlar va ularning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatgan.

Shuningdek, marhumaning jasadini turmush o‘rtog‘i hamrohligida vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.