"Bepul" pishloq. Sorosning pullari Ukrainada nimaga sarflandi?

Ukraina Bosh prokuraturasi Jorj Soros jamg‘armasi bilan hamkorlikni tasdiqladi. Sputnik radiosi efirida ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik amaldorlarga pora berishning o‘ziga xos shakli mavjud bo‘lgan degan fikrni bildirdi.
Sputnik

Ukraina Bosh prokuraturasi Jorj Soros "Uyg‘onish" jamg‘armasi bilan hamkorlik qilayotganini tan oldi, ammo mablag‘larning aniq miqdorini oshkor qilmadi. Bosh prokuror ofisining Ukraina adliya vazirining sobiq o‘rinbosari Vladimir Bogatirning so‘rovlariga javoblari Strana.ua saytida e’lon qilindi.

Ukraina kabi ittifoqdosh bo‘lsa, hech qanday raqibning keragi yo‘q

Idoraning xabar berishicha, prokurorlarning ish haqqi davlat budjetidan to‘lanadi, biroq jamg‘arma xodimlarning chet elga xizmat safarlarini tashkil etishga yordam bergan.

"2014-2019 yillarda Bosh prokuratura va "Uyg‘onish" Xalqaro Jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik ekspert va maslahat xarakteriga ega bo‘lgan. Shuningdek, prokuratura organlari xodimlarining xizmat safari (hodimlar pul mablag‘lari olmagan) tashkil etilishida ko‘maklashgan", - deyiladi prokurorning javobida.

Shu bilan birga, idora o‘z xodimlarining xizmat safarlari haqida ma’lumotlarini yuritmagan, shuning uchun ushbu xodimlarning ro‘yxatini va moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatib bo‘lmaydi. Rasmiy javobda aytilganiday, yordam, xususan, Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlikda tajriba orttirishga qaratilgan bo‘lgan.

Sputnik radiosida, V-VII chaqirig‘i xalq deputati, ukrainalik siyosatchi Vladimir Oleynik bunday hamkorlik korrupsiya ko‘rinishidir, degan fikrni bildirdi.

"Bepul pishloq - faqat sichqon qopqonda. Soros hech narsani bepulga qilmaydi. Ular ushbu mablag‘ning mazmunini oshkor qilmaydilar, ammo Maydanni otilishiga aloqador bir guruh prokurorlar, tergovchilar, advokatlar va hatto jabrlanganlarni moliyalashtirganlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Tergovni o‘tkazib, hech qanday holatda natija bermaslik – ana shunday topshiriq qo‘yilgan. Chunki tergovni xujumlarga aloqadorlarning o‘zlari o‘tkazmoqdalar. Aynan shu topshiriq moliyalashtirilmoqda. Bu alohida jinoyat ishi, chunki Ukraina qonunlari prokuratura, sud, tergov hodimlarini bir necha mnbalardan, shu jumladan xususiy manbalardanmoliyalashtirishni taqiqlaydi. Bu korrupsiyaning bir shakli, mansabdor shaxslarga pora berishning o‘ziga hos shakli ", - dedi Vladimir Oleynik.