TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Shu yozda O‘zbekistonda oltin va kumush yombilarini savdo vending avtomatlari paydo bo‘lishi mumkin.
Odatda bunday avtomatlar diqqatga sazovor joylar yonida o‘rnatiladi.
O‘zbekiston hukumati turistik obyektlar yaqinida bunday savdo apparatlarini o‘rnatish ko‘zda tutmoqda.
Avtomatlarda sayyohlar 1,3 va 5 gramm miqdorida bo‘lgan oltin va kumush yombilarni sotib olishi mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.
Bu Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlariga doir hukumat qarori loyihasida qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, kamida 10 ta avtomat o‘rnatish rejalashtirilgan:
2020 yil 1-iyulgacha – Toshkent, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida;
2021 yil 1-yanvargacha - respublikaning boshqa hududlarida.