O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston YeOIIga qo‘shilishning ijobiy tomonlarini ko‘rmoqda – Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Aleksandr Pankin o‘zbekistonlik hamkorlar respublikaning YeOIIga qo‘shilishi qator rad qilib bo‘lmaydigan ijobiy tomonlarga ega bo‘lishi mumkinligini tasdiqlashayotganliklarini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Toshkentda YeOIIga qo‘shilishning ijobiy tomonlarini ko‘rishmoqda, biroq ittifoqqa kirish uchun O‘zbekistondan yoki boshqa davlatlardan hozircha rasmiy ariza kelib tushmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin RIA Novostiga bergan intervyuda ma’lum qildi.

Diplomat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oxirida mamlakat parlamentidagi chiqishida uning mamlakati YeOIIda kuzatuvchi maqomini olishga tayyorligini ma’lum qilganini eslatib o‘tdi.

Mishustin YeOIIning asosiy maqsadi haqida gapirdi

“Ushbu qadam Toshkent tomonidan ittifoqda to‘liq a’zo bo‘lish yo‘lida, bunga tayyor bo‘lganda, birinchi bo‘lishidan kelib chiqamiz”, - dedi Pankin.

“Biz bilan aloqada o‘zbekistonlik hamkorlar O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bir qator rad qilib bo‘lmaydigan ijobiy tomonlarga ega bo‘lishi mumkinligini tasdiqlashmoqda: yagona tovar bozori, ishchi kuchi, xizmat va kapital hamda bu birlashmaning texnologik, tranzit-transport va investitsiyaviy salohiyatidan foylalanish. Ehtimol, hamkorlar ehtimoliy xarajatlarni ham hisoblashmoqda”, - deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.

YeOIIda yangi ehtimoliy ishtiroklar paydo bo‘lishga izoh berayotib, u a’zolikka hech kimdan rasmiy ariza kelib tushmaganini aytdi.

O‘zbekiston YeOIIning "ijobiy" va "salbiy" tomonlarini o‘rganmoqda – Ne’matov

“Bu, ehtimol, ittifoq bilan yaqinlashishga qiziqish yo‘q degani emas, o‘ylashimcha, u bor, ayniqsa ittifoq a’zolari bilan geografik jihatdan yaqin va keng savdo-iqtisodiy aloqalarga ega bo‘lganlarda. Shu bilan birga YeOIIga a’zo mamlakatlar turli formatlarda barcha manfaatdor hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorliklarini bir necha bor tasdiqlashgan edi”, - dedi Pankin.

Shuningdek, u  YeOII erkin savdo bitimlari (Vyetnam, Singapur, Serbiya, Eron) yoki savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar tuzgan mamlakatlar (Xitoy) doirasi doimo kengayib borayotganini ta’kidladi.

YeOII – 2015-yildan buyon amal qilib kelayotgan integratsion iqtisodiy birlashma. Unga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir.