Norasida farzandlarini kaltaklab, bu holatni videoga olgan ota aniqlandi

Fuqaro voyaga yetmagan farzandlarini tashlab Rossiyaga ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida farzandlarini kaltaklagan va buni videoga olgan. So‘ngra videoni turmush o‘rtog‘iga yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Ikki nafar yosh bolaga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan noma’lum erkakning shaxsi aniqlandi.

IIV xabarida qayd etilishicha, 15-yanvar kuni olingan tasvirdagi erkak Namangan viloyati Chust shahrida yashovchi 29 yoshli S.P. ekanligi aniqlangan.

Navoiydagi ayanchli YTHda haydovchi va bir yoshli go‘dak qurbon bo‘ldi

Fuqaro S.P. voyaga yetmagan farzandlarini tashlab Rossiyaga ketib qolgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida o‘zi videoga olganligi va turmush o‘rtog‘iga yuborganligi ma’lum qilgan. Video uning  turmush o‘rtog‘i tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

U qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, ushbu holat jamoatchilik orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.

Xabarda hozirda Chust tumani IIB tomonidan holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani qo‘shimcha qilingan.