AQSh qarshi emas. Rossiya kemasi "Shimoliy oqim-2"ni qurib bitkazadimi?

"Shimoliy oqim-2"ni yotqizishni tugatishda qatnashishi mumkin bo‘lgan "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasi Naxodkadan jo‘nab ketdi. Mutaxassis Dmitriy Solonnikov Sputnik radiosida gaz quvurining qurib bitkazilishiga kema oldida turgan to‘siqlar haqida gapirdi.
Sputnik

Vesselfinder bergan ma’lumotga ko‘ra, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishini tugata oladigan "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasi Naxodka portini tark etib, Singapurga yo‘l oldi.

Ekspert: AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi sanksiyalari YeIni suverenitetidan mahrum qiladi

Portalga ko‘ra, "Gazprom"ning bu kemasi 22-fevral kuniga Singapurga yetib kelishi kerak.

Energetika vaziri Aleksandr Novak "Akademik Cherskiy" ni gaz quvurini qurishga qodir kema deb atadi.

Avvalroq, Germaniyaning Handelsblatt gazetasi Vashingtondagi diplomatik doiralarga tayanib, agar Rossiya ushbu quvur qurilishini tugatishga harakat qilsa, AQSh ushbu loyihaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritishi mumkinligini, ularning nishonida bu gaz quvuridan Rossiya gazini oladigan sarmoyadorlar yoki kompaniyalar bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Sputnik radio efirida Zamonaviy davlatni rivojlantirish instituti direktori Dmitriy Solonnikov "Akademik Cherskiy" quvur yotqizish kemasiga ishga tushishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omillar haqida fikr bildirdi.

"Hozircha bu Rossiyada mavjud bo‘lgan yagona variant. Uni ishlashiga ta’qiq qo‘yish uchun hech qanday to‘siqlar yo‘q. U Daniya qonunlariga to‘la mos keladi va ushbu ishlarni bajarishga texnik jihatdan qodir. AQSh sanksiyalari faqat kemaning o‘zi va unga egalik qiladigan kompaniyaga nisbatan qo‘llanilishi mumkin, ammo bu Rossiya kompaniyasidir va bu sharoitda nima qilishni o‘zi  biladi. Qo‘shma Shtatlarda ko‘rib chiqilayotgan yangi sanksiyalar gaz iste’molchilariga taalluqlidir, ya’ni amerikaliklar quvurning qurilishiga qarshi emas, balki uni ishga tushirish va undan foydalanishga qarshi. Va bu sanksiyalar nemis kompaniyalariga qo‘llanilishi mumkin, va keyingi savollar Germaniyaga va AQSh va G‘arbiy Yevropa orasidagi keskinlikka taalluqli,"- deydi Dmitriy Solonnikov.

“Shimoliy oqim – 2” qanday qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

Dekabr oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning mudofaa budjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, bunga "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri va ushbu loyihada ishtirok etishga rozilik bergan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar to‘g‘risidagi qoidalar kiritilgan. AQSh sanksiyalari tahdidi tufayli "Shimoliy oqim-2" uchun quvurlar yotqizgan shveysariyaning Allseas kompaniyasi ishni to‘xtatdi va loyihaga jalb qilingan kemalarni qaytarib oldi.

"Shimoliy oqim-2" Rossiya sohilidan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga o‘tadigan ikkita gaz quvurini qurishni nazarda tutadi. Ba’zi davlatlar, xususan, Ukraina, Litva, Latviya, Polsha va AQSh ushbu loyihaga qarshi chiqishdi. Kiyev Rossiya gaz tranzitidan keladigan daromadni yo‘qotishdan qo‘rqdi. AQSh o‘zining suyultirilgan gazini Yevropa bozorida targ‘ib qilmoqda. Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Varshava, o‘z navbatida, quvurni "siyosiy asoslangan" loyiha deb biladi.

Rossiya hukumati, shuningdek Berlin va Vena "Shimoliy Oqim-2"ni Yevropa mamlakatlarining energiya xavfsizligini oshirishga qaratilgan tijorat loyihasi ekanligini bir necha bor ta’kidlashgan.