Qozog‘iston janubidagi ommaviy tartibsizliklar – mojaro qanday kelib chiqdi

Shanbaga o‘tar kechasi Jambil viloyatining Korday tumanida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Maishiy mojara bir necha aholi punktini qamrab oldi. Prezidentning aralashishiga to‘g‘ri keldi.
Sputnik

Masanchi qishlog‘i Qirg‘iziston bilan chegaradan uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Bu yerda 13 ming kishi istiqomat qiladi, aholining 90 foizini dunganlar, 5 foizini qozoqlar, yana 5 foizini esa ruslar tashkil etadi.

Sputnik Qozog‘iston nashri xabariga ko‘ra, ommaviy tartibsizliklarga “maishiy mojaro” sabab bo‘lgan. Unda 80 yoshli erkak jabrlangan, go‘yoki uning sonini sindirishgan. Mojaroning barcha ishtirokchilari Qozog‘iston fuqarolaridir.

Mojaro 7-fevral kuni kechqurun ro‘y bergan. Korday tumanining Masanchi qishlog‘ining chekkasiga 70 ga yaqin tajovuzkorona kayfiyatda bo‘lgan aholi ommaviy mushtlashuvni keltirib chiqargan.

Qozog‘iston janubida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Hodisa joyiga politsiya xodimlari yetib kelishgan. Mojaro videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborilgan.

Natijada qo‘shni aholi punktlaridan yana 300 ga yaqin kishi kelib qo‘shilgan. Masanchi qishlog‘iga qo‘shimcha politsiya kuchlari jo‘natilgan. Mushtlashuv ishtirokchilari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishgan. Mushtlashuvda metall buyumlar, tosh va quroldan foydalanishgan. Keyinchalik mojaro yana ikkita qishloqni qamrab olgan.

Mamlakat IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 8 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan. Jarohatlarganlar kasalxonaga murojaat etishda davom etmoqda. Voqea oqibatida 30 dan ko‘proq uy, 15 ta savdo obyekti hamda 23 ta avtomashinaga zarar yetkazilgan.

Hozirda mojaroga barham berilgan, 47 kishi qo‘lga olingan. Ulardan ikki dona ov quroli musodara qilingan.

Qozog‘iston JKning “Ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va ishtirok etish” va “Odam o‘ldirish” moddalari bilan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Vaziyat davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati ostida.