Kamikadze Shvars va izquvar Zorro: Toshkent viloyati kinologiya markazidan foto-reportaj

Sputnik

Biz tashrif buyurgan Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001 yilning aprel oyida  tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obyekti hisoblanadi.

Toshkent viloyatida it urishtiruvchi hibsga olindi

Bo‘linmaning asosiy vazifalari: og‘ir va o‘ta og‘ir hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni fosh etishda maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlangan xizmat itlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish; jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlik vositalari, portlovchi moddalar, qurol va o‘q-dorilarni aniqlashda ishtirok etish; ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda qatnashishdan iborat.

Ushbu obyektda yuqorida qayd etilgan vazifalardan tashqari, kinologiya xizmati xodimlarining doimiy ravishda jangovar shayligini ta’minlash maqsadida kinolog xodimlarning bilim saviyasi, kasb mahoratini oshirish, xizmat itlarini maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha ("Iz-qidiruv" va "Giyoxvandlik moddalarni qidirib topish") tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 

Itni otib o‘ldirgan odamga nisbatan chora ko‘riladi – IIBB

2019 yil davomida Toshkent viloyati IIBB Patrul-prst xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oishirilgan ishlar natijasida 299 ta turli xil jinoyatlar jinoyatlar fosh etilishida ishtirok etishdi.

Xizmat itlarining zotini va sifatini yaxshilash, aholidan xizmatga layoqatli bo‘lgan itlarni sotib olishni yaxshi yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Kinologiya klublari uyushmasi” va «Vatanparvar” ko‘ngilli itsevarlar jamiyati bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu tashkilot va jamiyatlar tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalarda kinolog xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan ishtirok etishib, fahrli o‘rinlarni egallashib kelishmoqda.

1 / 16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmatining asosiy vazifalaridan biri Toshkent viloyati shahar va tuman IIB bo‘linmalarini xizmat itlari bilan ta’minlashdan iborat.
2 / 16
Xizmatda itlarning nemis ocharkasi, sharq yevropa ocharkasi, rus spaniyel, labrador (suratda) va belgiya ovcharkasi (malinua) zotlaridan foydalanib kelinadi.
3 / 16
Itlar ko‘pam jahldor emas — ular faqatgina buyruq berilsagina o‘z vajohatini ko‘rsatishi mumkin. Terrorchilarni topishda dovurak va dahshatli Shvars, jinoyatchilarni ushlashda tushishda izquvar Zorro, narkotik moddalarni yashiringan joydan olib chiqishda spaniyel-Dinalarning mashg‘ulotlariga guvoh bo‘ldik.
4 / 16
Xizmat itlari portlovchi qurilmalar topish va giyohvand moddalarni topishga o‘rgatiladi.
Bitta itni u yoki bu sohaga o‘rgatish uchun olti oy vaqt sarflanadi. Ammo, kinologlarning aytishicha, jonivorning ko‘nikmasi to u "pensiya" yoshiga yetguniga qadar rivojlantirib boriladi.
5 / 16
Zorro laqabli portlovchi moddalarni topishga o‘rgatilgan it ko‘z oldimizda o‘tlar ostiga yashirilgan mina mulyajini topdi. Portlovchi qurilmani aniqlagan "to‘rtoyoqli politsiyachi" o‘z egasiga o‘sha joyga yotib olgan holda "belgi berdi".
6 / 16
Jonivorlar professional ko‘nikmaga yillar davomida bajariladigan mana shunday mashg‘ulotlar bilan erishadilar...
7 / 16
Itlarga buyruqlar og‘zaki yoki qo‘l ishorasi bilan (gapirish mumkin bo‘lmaganda) beriladi. Kinolog va xizmat iti hamisha birgalikda ishlaydilar, agar it xizmat jarayonida qandaydir ashyoviy dalilni topgan bo‘lsa, kinolog bu holatni muayan xatti-harakat (o‘tirish, akillash) orqaligina emas, hatto jonivor dumining likillashiga qarab bilib olishi mumkin.
8 / 16
Aytgancha, jahldorlik haqida: yoshligidan jahldor tabiatli itlar izquvarlik va portlovchi moddalarni topish uchun atay ajratib olinar ekan.
9 / 16
O‘yinqaroq itlar esa giyohvand moddalar topishga ko‘proq mos tushadi.
10 / 16
Giyohvand moddalarni aniqlay oladigan itlarga narkotik moddalar beriladimi, degan savolga kinolog xodimlar qat’iy "yo‘q", deya javob berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, jonivorlarga shunday ish uchun maxsus ishlab chiqarilgan sintetik moddalar beriladi. Moddalar hidi haqiqiy narkotik moddani eslatsa-da, ammo u narkotik hisoblanmaydi.
11 / 16
Kinologiya markazidagi har bir "to‘rt oyoqli" politsiyachi o‘z yotoq joyi, tibbiy xizmat, o‘qish, ish va ozuqa ko‘rinishidagi "maosh"ga ega.
12 / 16
Xizmat davomida jarohat olgan itlar markazning o‘zida davolanadi.
13 / 16
Alfa laqabli izquvar-it jinoyatchini topish bo‘yicha mashg‘ulotni qisqa muddatda uddaladi va hatto o‘z "o‘ljasini" oldiga solib olib ketdi.
14 / 16
Itlar odatda sakkiz yil xizmat qilishadi. "Pensiya" yoshiga yetgan jonivorlarni kinologlar o‘zi bilan olib ketadilar.
15 / 16
Xizmat itlari olgan mukofotlar.
16 / 16
Toshkent viloyati IIBB Kinologiya xizmati.