Inson salomatligi bevosita jinsiy hayotga bog‘liq - seksolog

Seksolog jinsiy yaqinlik soni odamning sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishi, haftada necha marta jinsiy aloqa qilish mumkinligini aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Shifokor-seksolog Yevgeniy Kulgavchuk fikriga ko‘ra, inson salomatligi bevosita jinsiy hayotga bog‘liq.

Berlinda seks uchun budkalar ochilishi mumkin - OAV

Mutaxassis ta’kidlashicha, sog‘liq bilan muammo bo‘lmasligi va shikoforga murojaat qilmaslik uchun inson “seks normaga” amal qilishi zarur.

"Seksologiyada UVR (shartli fiziologik ritm) kabi narsa mavjud. Bu majburiy norma emas, ammo unga ko‘ra, haftasiga 2-3 marta intim aloqa qilish zarur", - deydi seksolog.

Shu bilan birga, Kulgavchuk odamlarning har xil temperament va turli xil jinsiy konstitutsiyalari borligiga e’tibor qaratdi.

“Bu o‘rtacha norma. <...> O‘z jinsiy konstitutsiyani bilish muhim. Agar odam o‘z meyorini bajarmasa, unda uning hayot sifati va sog‘lig‘i yomonlashadi”, - deb hisoblaydi u.

Seks-o‘yinchoqlar, kolbasa, o‘rgimchak: yo‘lovchilar bagajida topilgan eng g‘alati narsalar

Biroq, jinsiy aloqani oshirib yuborish ham tavsiya etilmaydi.

“Agar jinsiy aloqa meyoridan oshib ketsangiz, u holda intim jarayon joningizga tegadi. Bundan tashqari, aniq taqiqlar ham mavjud”,  - deydi Kulgavchuk.

Seksolog muhim voqea yoki tadbirdan oldin seksdan voz kechish kerakligini qo‘shimcha qildi.

"Yaqin va jonli aloqadan keyin asab tizimi himoya rejimiga, tiklanish holatiga o‘tadi. Agar siz ushbu jarayon davomida yuqori natijalarni ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, unda samaradorlik past bo‘ladi. Muhim voqea oldidan o‘zni tiyish, jarayondan so‘ng esa - o‘zni mukofotlash kerak" - dedi u.