Qorli fojia: Turkiyadagi qor ko‘chkilari 38 kishining umriga zomin bo‘ldi

Qor ostida hozigacha odamlar borligi aytilmoqda. Halokat yuz bergan hududda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

Turkiyaning Van viloyatida ikkita qor ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, kamida 38 kishi qurbon bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Birinchi ko‘chki seshanba kuni kechqurun Van - Baxchisaray trassasida  ro‘y bergan. Qor ko‘chkisi oqibatida yo‘ldagi yo‘lovchisi bo‘lgan mikroavtobus 40 metrlik jarlikdan pastga qulagan. Avtomobil haydovchisi va tirik qolgan yetti yo‘lovchi qutqaruvchilarni chaqirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan, 200 ga yaqin odam jalb qilingan. O‘sha payt ikkinchi ko‘chki yuz bergan. U kamida beshta mashinani bosib qolgan, qor ostida 50 dan ortiq kishi qolib ketgan. Ba’zilari chiqishga muvaffaq bo‘lishdi, ba’zilari esa yo‘q.

Halok bo‘lganlar orasida sakkizta politsiya xodimi va uchta o‘t o‘chiruvchilar bor. Yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.