Qo‘qondagi choyxonada fuqaro ikki kishini otdi

Choyxonada fuqaro uch kishi bilan janjallashib qolgan. Janjal davomida u o‘q otar qurol qo‘llab, ularni yaralagan.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Qo‘qon shahrida o‘q otar qurol qo‘llagan holda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Ekoinspektorlar Mo‘ynoqda brakonyerlar tomonidan o‘qqa tutildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa bugun, 6-fevral kuni General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonada sodir bo‘lgan. Fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.

Janjal davomida J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i) dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan. So‘ngra o‘zi voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.