TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Toshkentdagi avtobuslar turli yuqumli kasalliklar viruslari keng tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya qilinmoqda.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Hududiy sanitariya va epidemiologiya markazlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroylari hamda ularga biriktirilgan shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari boshlandi.
Mazkur sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Ushbu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toshkentdagi barcha shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari bajariladi.