Xitoy TIV koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, virusning o‘zidan ham xavfliroq bo‘lgan mish-mishlar tarqatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi.

“Biz virusning o‘zidan ham xavfliroq bo‘lgan vaziyatga oid ayrim mish-mish va yolg‘onlarga e’tibor qaratdik. Siz, ehtimol, yaqinda JSST bosh direktori barcha tomonlar mish-mishlarga ishonmasligiga va ularni tarqatmasligiga yana umid bildirganiga e’tibor qaratgansiz”, - deya siyosatchi so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Xitoy TIV rasmiy vakilining ta’kidlashicha, ayrim mamlakatlarda tegishli hukumat idoralari allaqachon yolg‘on xabar tarqatayotganlarni javobgarlikka tortish uchun chora ko‘rishmoqda.

Pekindan Toshkentga uchinchi charter yetib keldi

U Xitoy Xitoy koronavirus 2019-nCoV tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatga shaffof va mas’uliyatli yondashayotgani va barcha ma’lumotlarni zudlik bilan ommaga taqdim etayotganini ma’lum qilgan.

2019-nCoV

O‘tgan yilning dekabrida Xitoy hukumati Uxan shahrida norma’lum bo‘lgan pnevmoniya avj olganini ma’lum qildi. Pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisi yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV ekanligi aniqlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 28 mingtadan oshib ketgan. 553 kishi vafot etgan. Virus dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tarqalishga ulgurgan. Hozirda unga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.