Abxaziya o‘zbekistonliklarni mamlakatga kirishini vaqtincha taqiqlab qo‘ydi

Koronavirus tarqalishi sababli Abxaziya 4-fevraldan Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan qator davlatlar fuqarolarining mamlakatga kirishi bo‘yicha cheklov o‘rnatdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Abxaziya 4-fevraldan “Psou” va “Ingur” nazoratdan o‘tish joylari orqali beshta davlat fuqarolarining kirishiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi, deb xabar qildi Sputnik Abxaziya Migratsiya xizmati rahbari Andreya Bobuaga asosan.

Koronavirus kirib kelishi masalasida e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga chora ko‘rildi

Cheklovlar Tojikiston, O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy va Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan joriy etildi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holati qayd etilmadi, shuning uchun bunday bayonot g‘alati bo‘lib ko‘rinmoqda. Ehtimol, Abxaziya Xitoyga yaqin bo‘lgan davlatlarga nisbatan bu cheklovni kiritdi.

JSST favqulodda holat olib tashlanishi bilan cheklovlar bekor qilinadi.