To‘rtta yo‘nalishda bazaviy OTMlar belgilandi

Mazkur OTMlarga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi.

O‘zbekistonda test sinovi topshirmay o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi

Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti  matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi.

Mazkur OTMlarga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, bazaviy ta’lim muassasalarining mas’ul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik seminarlar tashkil etiladi.