Sardor Kariyev: 15-yilgacha dorilarning analogini ishlab chiqarish mumkin emas

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning so‘zlariga ko‘ra, 15-yilgacha dorilarning analogini ishlab chiqarish mumkin emas.
Sputnik

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Original dori ishlab chiqilganidan so‘ng 15-yilgacha uning analogini ishlab chiqarish mumkin emas. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekistondagi dori vositalari 80 foizi xorijdan import qilinadi

Sardor Kariyevga ko‘ra, original dori ishlab chiqarilganidan so‘ng, 15-yilgacha uning analogini ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lum muddat o‘tgach, dorining nomi biroz o‘zgartirilgan holda uning analogi ishlab chiqarilishi mumkin. Biroq bu uning ta’sir kuchini o‘zgartirmaydi.

Sardor Kariyevning ta’kidlashicha, barcha dorilar ikki xil — retseptli va retseptsiz bo‘ladi. Retseptli dorilar OAV orqali reklama qilinishiga ruxsat etilgan, dorixonalarda keng sotilayotgan dorilar sanaladi.

Shuningdek, retseptsiz dorilar dozasi va reaksiya berish ehtimoli kuchli bo‘lgan, reklama qilish ta’qiqlangan dorilardir.

Ayni kunda dorixonalarda ushbu ikki turdagi dorilar savdosini nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan. Biroq shunga qaramay odamlar shifokor tavsiyasi bilangina dori sotib olishi va iste’mol qilishi lozim.

Ma’lumot uchun, aksariyat kasalliklarning 25 % insonlarning dorilarni noto‘g‘ri iste’mol qilishlari oqibatida yuzaga keladi.