Zaxarova Polsha TIV rahbarining “bahsdagi g‘alaba” haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Avvalroq Polsha tashqi ishlar vaziri Yatsek Chaputovich Varshava “Rossiya bilan tarixiy tortishuvda” g‘olib chiqqanini aytgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Facebook᾽dagi sahifasida Polsha tashqi ishlar vaziri Yatsek Chaputovichning Rossiya bilan bahsda g‘alaba qozongani haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Barcha Napoleonlar shunday o‘ylashadi: Bonapart ham, kasalxonadagilar ham”, - deya yozgan Mariya Zaxarova

Avvalroq Chaputovich Varshava “Rossiya bilan tarixiy tortishuvda” g‘olib chiqqanini aytgan edi. Diplomat Vladimir Putinning Quddusda bo‘lib o‘tgan Butunjahon xolokost xotira forumida qilgan chiqishini “unchalik Polshaga qarshi emas” deb atagan edi.

Vazir, shuningdek, Varshava endi Moskva bilan “his-tuyg‘ularni tinchlantirishga va munosabatlarni normallashtirishga”harakat qilishi kerakligini aytdi, chunki barcha tafovutlarga qaramay davlatlar qo‘shni hisoblanishadi.

Zaxarova Polshaning Ikkinchi jahon urushi haqidagi bayonotiga javob qaytardi

Quddusda nutq so‘zlagan Putin Xolokost chuqur yara bo‘lgani va shunday bo‘lib qolishi, va bu har doim yodda qolishi kerak bo‘lgan fojia ekanini aytgan edi. Shuningdek, u siyosatchilarning vazifasi esa Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining yaxshi nomini va haqiqat va adolatni himoya qilish ekanini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon urushi fojiasining oldini olish uchun javobgarlik hammaning zimmasida.

Rossiya siyosatchilari qator Yevropa mamlakatlari tarixni qayta yozishga urinishayotgani haqida bir necha bor ma’lum qilishdi.

O‘tgan yilning dekabr o‘rtalarida Vladimir Putin ba’zi G‘arb mamlakatlari, xususan, Polsha fashistik Germaniya bilan fitna uyushtirganini va bu muzokaralar to‘g‘risidagi hujjatlar Rossiya ixtiyorida bo‘lganligini aytdi.

Davlat rahbari Polshaning Uchinchi reyxdagi elchisi yahudiylarni Afrikaga yuborishni rejalashtirgani uchun Adolf Gitlerga haykal o‘rnatishni va’da qilgani haqida gapirib berdi. Varshava bu haqiqatni tan olmadi va Rossiya elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirishdi. Putinning so‘zlari Molotov-Ribbentrop paktiga ishora qilib, SSSRni urushni boshlanishida ayblamoqchi bo‘lgan Polsha rasmiylarining g‘azabini qo‘zg‘atdi.