Rossiya koronavirus yuqtirgan xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuboradi

Rossiya bosh vaziri yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV aniqlangan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkinligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV aniqlangan chet el fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborishi mumkinligini aytdi.

Koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish ta’qiqlandi

Ta’kidlanishicha, mazkur chora mamlakatning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga oid milliy rejasidan o‘rin olgan.

“Endi u (yangi turdagi koronavirus. – Sputnik) o‘ta xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu chet el fuqarolarida shunday kasallik aniqlanganda ularni chiqarib yuborish va  maxsus cheklovlar, shu jumladan, izolyatsiya yoki karantin chora-tadbirlarini joriy etish imkonini beradi”, - deya Mishustin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya YeOII hamda MDH davlatlariga yangi koronavirusni laboratoriya sharoitida diagnostika qilish vositalarini tarqatgani xabar qilingan edi.