Prezident Murodjon Ahmadaliyevga Tracker va uch xonali uy sovg‘a qildi - foto

IBF va WBA chempioni bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekistonda tantanali kutib olindi. Bokschiga prezident sovg‘asi sifatida “Tracker” avtomobili hamda Toshkent shahridan uch xonali uy taqdim etildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. IBF va WBA chempioni bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev 3-fevral kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Chempion Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Olimpiya shon-shuhrati muzeyida sportchini erishgan g‘alabasi uchun taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston chempioniga respublika bosh vaziri Abdulla Aripovning shaxsan o‘zi medalni topshirdi. U sportchining ota-onasiga ulg‘aytirgan o‘g‘li uchun minnatdorchilik bildirdi va bu g‘alaba butun O‘zbekiston uchun muhimligini ta’kidladi.

Prezident Murodjon Ahmadaliyevga Tracker va uch xonali uy sovg‘a qildi - foto

Ahmadaliyev yoshlarga o‘rnak bo‘layotganidan xursandligini va muxlislarni xursand qilishda hamda ularning ishonchini oqlashda davom etishga va’da berdi. Bokschi bu bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonga keltirishi kerak bo‘lgan yana ikkita kamar bor.

Prezident Murodjon Ahmadaliyevga Tracker va uch xonali uy sovg‘a qildi - foto
Tadbirda unga prezident sovg‘asi sifatida “Tracker” avtomobili hamda Toshkent shahridan uch xonali uy taqdim etildi.

Prezident Murodjon Ahmadaliyevga Tracker va uch xonali uy sovg‘a qildi - foto

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti mamlakat boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozongan Murodjon Ahmadaliyevni “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlagani xabar qilingan edi.