Saakashvili Ukraina beshta davlatga parchalanib ketishini bashorat qildi

Sud v Kiyeve perenes rassmotrenie apellyatsii po mere presecheniya dlya M. Saakashvili
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina bir nechta davlatga parchalanib ketishi mumkinligini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina bir nechta davlatga parchalanib ketishi mumkinligini ma’lum qildi.

Siyosatchi Kiyev siyosiy tizimini tuzatishi zarurligini ta’kidlagan, zero busiz davlat yaxlitliga tahdid yuzaga keladi.

Goroda mira. Kiyev
Savchenko: 2023-yilda Ukraina dunyo xaritasidan yo‘q bo‘ladi

“Shunchaki o‘g‘rilar bo‘lmaydi, separatizm bo‘ladi, haqiqatdan Ukraina parchalanadi”, - dedi Saakashvili “112” telekanali efiri chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning turli qismlaridagi mahalliy oligarxlar “pul va xususiy armiyalar orttirishgan”.

“Bu odamlar shunchaki hech qayoqqa ketishmaydi, ular Ukraina yana beshta Ukraina aylanishi uchun infratuzilma hozirlashmoqda”, - deya so‘zlariga yakun yasagan Gruziyaning sobiq rahbari.