Ilk bor koronavirus yuqqan o‘pkaning surati ko‘rsatildi - foto

Xitoylik shifokorlari koronavirus 2019-nCoV yuqqan bemor o‘pkalarining suratini e’lon qilishdi. Unda virus o‘pkaga qanday zarar yetkazayotganini ko‘rish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Koronavirus 2019-nCoV yuqqan bemor o‘pkalarining surati e’lon qilindi. Xitoylik shifokorlar ushbu suratlarni olishgan.

“Radiology” jurnalida chop etilgan suratlar kompyuter tomografiyasi natijasida Xitoyning Lanchjou shahrida 39 daraja harorat bilan shifoxonaga yotqizilgan 33 yoshli ayoldan olingan.

Ilk bor koronavirus yuqqan o‘pkaning surati ko‘rsatildi - foto

Birinchi suratda “jilosiz oyna” taassuroti tug‘diruvchi xiralashishlar ko‘rsatilgan. Uch kun o‘tib olingan ikkinchi suratda zararlangan soha kengayganini ko‘rish mumkin.

Koronavirusning aniq rangli surati namoyish qilindi – fotofakt

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini Xitoydan 4 va 5-fevral kunlari olib kelishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.