AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Ilgari xabar berilganidek, AQSh Davlat departamenti delegatsiyasini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi.

Kazansev Pompeo O‘zbekistonga qanday maqsad bilan kelayotganini aytdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kutib olgan.

Asosiy tadbirlar 3-fevral kuniga rejalashtirilgan.

Ilgari xabar berilganidek, AQSh Davlat departamenti delegatsiyasini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikkiyoqlama muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tomonlar 2018-yilning may oyida O‘zbekiston-Amerika sammiti doirasida bo‘lgan oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshishi jarayonini muhokama qilib, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

AQSh Davlat kotibi "Markaziy Osiyo va AQSh ("S5+1") formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.