Toshkentda “C5+1” vazirlar uchrashuvi o‘tkaziladi

Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhomkama qilishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvi to‘g‘risida bayonot berdi.

Kazansev Pompeo O‘zbekistonga qanday maqsad bilan kelayotganini aytdi

Unda aytilishicha, 2020-yilning 3-fevral kuni Toshkent shahrida “C5+1” shaklida navbatdagi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlarining Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhomkama qilishi kutilmoqda.