Sovuq kunda ko‘chada qolgan ayolga yordam berildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sovuq havoda ko‘chada qolgan ayol” sarlavhasi ostida bir necha kundan buyon muhokama qilib kelingan ayol  Xotin qizlar qo‘mitasi  mas’ullarining e’tiboriga tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sovuq havoda ko‘chada qolgan ayol” sarlavhasi ostida bir necha kundan buyon muhokama qilib kelingan ayol Xotin qizlar qo‘mitasi  mas’ullarining e’tiboriga tushdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi MIB xodimi ayol tomonidan yoqib yuborilganini rad etdi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati bu haqda xabar qildi.  

Qayd etilishicha, 1985-yilda tug‘ilgan ayolning haqiqatan ham sovuq havoda ko‘chada qarovsiz qolganligi aniqlangan. U Allayeva Ziyoda Do‘stqobilovna bo‘lib, ruhiy kasalligi bois ro‘yxatda turadi.

Bir necha kun avval aynan shu ayol “sovuq havoda ko‘chada qolgan ayol” degan sarlavha ostida internet  tarmoqlarida keng muhokama qilingan va bahs munozaralarga sabab bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, 2020-yil 31-yanvar kuni ayol Kitob tumanidagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.