AQSh kimlarga viza bermaydi - ro‘yxat

AQSh prezidenti Donald Tramp oltita davlat fuqarolariga viza cheklovlarini kuchaytirish bo‘yicha hujjat imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Donald Tramp 6 ta davlatga nisbatan AQShga kelish bo‘yicha cheklovlarni joriy etishga qaror qildi. Reuters xabariga asosan.

OAV: AQSh Belarus va Qirg‘iziston fuqarolariga mamlakatga kirishni cheklamoqchi

Prezident farmoni 1-fevral kuni e’lon qilindi. Cheklovlar Qirg‘iziston, Eritrey, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya fuqarolariga ta’sir qiladi. Birinchi to‘rtta davlat fuqarolariga AQShda doimiy yashash huquqini beradigan migratsiya vizalari berilmaydi, Sudan va Tanzaniyada grin-kart lotereyasi bekor qilindi.    

Boshqa vizalar oldingi tartibda beriladi.

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri vazifasini bajaruvchi Chad Volfning so‘zlariga ko‘ra, ushbu oltita shtatlar AQSh xavfsizlik standartlariga, shu jumladan ma’lumot almashish bo‘yicha talablarga javob bera olmagan. Farmonda pasport texnologiyalaridan terrorizm va jinoyatchilikda gumon qilinganlar haqida ma’lumot almashishgacha bo‘lgan muammolar qayd qilgan.

Kongress vakillari palatasi demokratlari bu taqiq kiritilishiga qarshi chiqishgandi.