Shodmonov Xitoy fuqarolariga vizani cheklash tarafdori ekanligini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Bu dunyo bo‘yicha SARS koronavirusi epidemiyasi avjiga chiqqan ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus sabab O‘zbekistonda viza cheklovi o‘rnatilishi kerakmi, degan savolga javob berdi.
Yangi turdagi koronavirusning tarqalishi natijasida ko‘plab davlatlar ehtiyot choralarini ko‘rishni boshlagan. Epidemiya tarqalishining oldini olish uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Malayziya Xitoy bilan chegarasini yopdi. Yana qator davlatlar Xitoy fuqarolariga nisbatan viza cheklovlarini joriy etdi.

Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

"...chegarani yopish masalasiga kelsak, bu chorani qo‘llash vazirligimiz vakolatida emas. Ammo bu borada o‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, ayni paytda, ya’ni 30-yanvar holatida mamlakatimiz hududida bunday kasallikka chalinish holati birorta ham kuzatilmaganligiga qaramasdan ehtiyot choralarini ko‘rishimiz lozim. Shaxsan o‘zim yurtimiz fuqarolarining Xitoyga borishini cheklash bilan bir qatorda, xitoyliklar va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan yurtimizga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman. Chunki, ushbu virusning havo-tomchi yo‘li bilan o‘tishi, odamdan odamga yuqishi, bundan tashqari, kasallik belgilarining yashirin davri 14 kun davom etishi kasallik tarqalish xavfini keskin oshiradi", - deb aytgan Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Bu dunyo bo‘yicha SARS koronavirusi epidemiyasi avjiga chiqqan ko‘rsatkichdan ancha yuqoridir.