Rossiyada chet ellik talabalar ishga kirishi osonlashadi – Matviyenko

Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko mamlakatda nima uchun xorijiy talabalarni ishga kirish tartibini soddalashtirishga qaror qilinganini tushuntirib berdi.
Sputnik

Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan Rossiya ta’lim muassasalarida kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan chet ellik talabalar Rossiya Federatsiyasida maxsus ruxsatisiz ishlashlari mumkin, Federatsiya Kengashi bu haqda tegishli qonunni ma’qulladi.

O‘zbekistonda migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

Bu tashabbus noyabr oyida Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko va Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin boshchiligidagi bir guruh deputatlar tomonidan ilgari surilgan.

"Bu juda muhim qonun. Federal budjetdan kvota ajratamiz, ammo ular ishlatilmaydi. Biz taklif kiladigan stipendiyaga xamma xam kelavermaydi. Xalqaro amaliyot talabalarga qo‘shimcha ishlash imkoni beradi, ammo bizda bu deyarli ilojisiz edi", - dedi Valentina Matviyenko.

Sputnik Moldova yozishicha, bu masala Livada forumida ko‘tarilgan. U yerda, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan kelgan ko‘plab delegatsiya vakillari, ularning vatandoshlari Rossiyada o‘qishni xohlayotgani, biroq moddiy qiyinchiliklar tufayli buni amalga oshira olmasligini aytishgandi.

Amaldagi qonunchilikka aosan chet ellik fuqarolar maxsus ruxsatnomasiz faqat ta’lim muassasalarining o‘zida, va ularda yangi tashkil etilgan xo‘jalik birlashmalarda qo‘shimcha ishlashlari mumkin.

Agar Rossiya prezidenti Federatsiya Kengashi tomonidan ma’qullangan qonunni imzolasa, hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 180 kundan keyin kuchga kiradi.