Rossiyada koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi

Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi. Kasallangan shaxslar - Xitoy fuqarolari.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Rossiyada birinchi marta koronavirus bilan kasallangan ikki shaxs aniqlandi. Xastalanganlar shaxslar - Xitoy fuqarolari. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qilishicha, mamlakatda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Uxan shahrida 300 nafar, Xubeyda esa 341 nafar Rossiya fuqarolari istiqomat qiladi.

Rossiya hukumati Xitoydan qaytib kelmoqchi bo‘lganlar sonini hisoblab chiqadi.

Hozirda fuqarolarni olib kelish uchun Xitoyga uchadigan samolyotlarni belgilash va fuqarolarni ikki haftaga karantinga joylashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yangi koronavirus

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Xitoyda yangi tipdagi koronavirus pnevmoniyasi bilan kasallangan bemorlar soni 9 692 nafarga yetdi. Kasallanganlarning 213 nafari halok bo‘lgan. Faqatgina oxirgi bir sutka davomida 1 982 yangi holat aniqlangan.

Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda uqtirish holati qayd etilgan.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.