Mehnat vazirligi Koreyaga ishga ketish uchun asosiy talablarni ma’lum qildi

Fuqarolar Koreyaga ishga ketishlari uchun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishlari lozim.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Koreyaga ishga ketish uchun asosiy talablarni ma’lum qildi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya jamoalari o‘rtasida muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi

Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida Bandlikka ruxsat berish tizimi asosida O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasi hududida ishga joylashtirish bo‘yicha Hamkorlik memorandumi doirasida o‘zbekistonliklar ushbu mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.

Fuqarolar Koreyaga ishga ketishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishlari lozim.

Fuqarolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi.

2. Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi.

3. Koreys tilini bilishi.

4. Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi.

5. Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi.

6. Sog‘lom bo‘lish (rang ajrata olmaslik kasalligi - daltonizm bo‘lmasligi)

7. Koreya Respublikasida 5-yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.