Koronavirusdan tuzalgan ayol kasallik haqida so‘zlab berdi

Koronavirusdan tuzalgan xitoylik ayol ushbu xavfli kasallikdan qanday xalos bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

Sinxua axborot agentligi koronavirusdan tuzalgan xitoylik ayolning intervyu tarjimasini taqdim etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

"Familiyam Szan, 44 yoshdaman. Ushan uyezdining Chunsin shaharida tug‘ilganman va bir necha yil davomida Uxanda ishlayman. Bugun men “Sanyasya” markaziy shifoxonasidan chiqdim.   

15 yanvar kuni men Xitoy Yangi yilini kutish uchun vatanimga jo‘nadim. Erim meni kutib olish uchun temir yo‘l vokzaliga keldi va o‘zimni yomon xis qilishimni ko‘rdi. U darhol meni mahalliy shifoxonaga olib bordi.

Bir necha kun davomida mulojalar ijobiy natija bermadi. 21-yanvar kuni meni Vanchjoy tumanidagi “Sansya” markaziy shifoxonasiga o‘tkazishdi. U yerda izolyatorga joylashtirib, yangi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya tashxisini qo‘yishdi. Men Chunsinda bu virus bilan kasallangan birinchi bemor bo‘ldim. Shifokor va hamshiralar menga alohida g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdi. Har kuni menga dori purkashdi, virus va infeksiyaga qarshi muolajalarni qilishdi, hatto shifokor Xitoy xalq tabobati usullaridan ham foydalandi.  

Keyinchalik salomatligim yaxshi tomonga o‘zgardi. Shifokorlar menga shifoxonadan chiqishga ruxsat berish mumkinligini aytishdi. Davolanish uchun shifoxona mendan bir dona fen ham olmadi.

Mendan bu kasallik xavflimi, deb so‘rashmoqda. O‘ylaymanki, eng asosiysi – odam o‘zi qo‘rqishi kerak emas, eng muhimi – imkon qadar yaxshiroq himoyalanish zarur: maxsus gigiyena niqob taqish va qo‘lni tez-tez yuvish juda muhim.  

Agar isitma chiqib, yo‘tal va boshqa alomatlar paydo bo‘lsa, darhol shifoxonaga borish zarur. Izolyatsiya qilinishidan qo‘rqish kerak emas, ko‘ngilni xotirjam qilish kerak. Shifokorlar tavsiyalarga qo‘loq solib, ularga ishonish kerak, shunda albatta tuzalib ketish mumkin", -deyilgan xabarda.