Germaniyalik siyosatchi NATO SSSRni qanday aldaganini aytib berdi

Bundestag deputati Gorbachevning kechirib bo‘lmas xatosi tufayli NATO hozir Sharqqa qarab kengayayotganini aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. NATO SSSRga bergan va’dasini buzdi va Sharqqa qarab kengaymoqda, dedi Aleksander Noy Germaniya Bundestagidagi "Chap" fraksiyasining tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha vakili, Freiheitsliebe portali uchun maqolada.

Gorbachev SSSR parchalanishining asosiy sababini aytdi

Deputat aytishiga qaraganda, mart oyida Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar, xayoliy "rus tahdidi" bahonasida, so‘nggi 25-yil ichida eng katta harbiy mashqlar bo‘lgan "Yevropa himoyachimi 2020" (Defender 2020)ni boshlaydilar, aslida esa "tajovuzkor" bu - NATOning o‘zi, deb hisoblaydi Noy. Moskva esa haligacha o‘zining mudofaa pozitsiyasini saqlab qolmoqda.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Sovet Ittifoqi qo‘shinlarini Germaniyadan olib chiqish va Germaniya birlashish vaqtida AQSh rahbariyati Gorbachevga NATO Germaniya hududidan "Sharq tomonga bir qadam ham o‘tmaslikni" va’da bergan edi. Gorbachev ushbu va’dani rasman xujjatlashtirilishidan voz kechishi bilan "o‘zini aldanishiga" yo‘l qo‘ydi. Noy o‘z maqolasida buni "shundoq ham imkoniyatlari zaiflashayotgan Gorbachov boshchiligidagi Sovet rahbariyatining kechirib bo‘lmaydigan xatosi" deb yozgan edi.

Shunday qilib, Noy ta’kidlaganidek, 1999-yilda "ochiq eshiklar" tamoyiliga amal qilgan holda, Ittifoq asta-sekin kengayishni boshladi, va bu hozirgacha davom etmoqda.

Hammasi bo‘lib, "Yevropa Himoyachisi 2020" mashqlarida turli mamlakatlardan 37 mingga yaqin harbiy xizmatchilar qatnashadi. Faqatgina AQSh harbiy kuchlari 13 ming dona texnikadan foydalanishni rejalashtirmoqda.