Hamshirani do‘pposlab burnini sindirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Avvalroq Farg‘onada janjalkash ona-bola do‘pposlagan hamshira og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Farg‘onada hamshiraga tajovuz qilgan bemorning onasiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Farg‘onada janjalkash ona-bola do‘pposlagan hamshira og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertiza burosining 29-yanvardagi 340-sonli xulosasiga ko‘ra, hamshira M.M.da burun suyagining yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi, bo‘yin sohasida shilinma, o‘ng ko‘z-qovoqlarida qontalash kabi tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada janjalkash ona-bola do‘pposlagan hamshira og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingan edi.