Toshkent havosida nega chang ko‘p - O‘zgidromet javobi

Yaqinda Internetda Toshkentda atmosfera havosi ifsloslanish darajasi juda yuqori degan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga qanchalik yaqin?
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Toshkent havosi tozami, biz qanday havodan nafas olmoqdamiz? Ushbu va boshqa savollarga O‘zbekiston Gidrometerologiya markazining monitoring xizmati rahbari Marina Plotsen javob berdi.

Ekologiya qo‘mitasi archa daraxtlari kesilish sababini tushuntirib berdi

Biz oldin xabar berganimizdek, Toshkent shahrida atmosfera havosi tozaligi 8ta tumanda joylashgan 13ta stansiyada o‘lchanadi. Shahar xususiyatlarini hisobga olgan holda, havo tozaligin o‘lchash postlari turli funksional zonalar yaqinida joylashgan: aholi yashash hudularida, sanoat zonalarida va avtomobil yo‘llari yaqinida.

Havo tozaligini kuzatish quyidagi parametrlarga muvofiq olib boriladi: chang, sera dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, uglerod oksidi, fenol, ftorli vodorod, ammiak, formaldegid va og‘ir metallar. Havo tozaligi kunida 3 marotaba o‘lchanadi: soat 07:00, 13:00 va 19:00da (yakshanbadan tashqari).

AirVisual nimani o‘lchaydi 

AirVisual saytida chop etilayotgan ma’lumot esa faqatgina AQSh elchixonasida o‘rnatilgan portativ avtomatik meteostansiyada har soatda qayd etiladi. Ushbu stansiya havoning faqat kam dispersiyali 2,5 RM gacha bo‘lga qismlar (chang) miqdorini o‘lchash imkoniga ega.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda (aniqrog‘i AQSh elchixonasi atrofida) havoda chang miqdori eng ko‘p bo‘lgan kun bu 2017-yilning 17-noyabrida bo‘lgan. Shu kun RM2.5 miqdori ko‘rsatgichi 207 ko‘tarilgan.

Toshkent havosida nega chang ko‘p - O‘zgidromet javobi

AirVisual ma’lumotiga ko‘ra, eng toza havoda chang RM2.5 miqdori  miqdori 0-25 darajagacha, sog‘lom havoda 75gacha bo‘lishi mumkin. 75 – 150 ko‘rsatgichi bu havoning o‘rtacha ifloslanish darajasini bildiradi va nafas olish organlarida xastaligi bor fuqarolar uchun zararli bo‘lishi mumkin. RM2.5 miqdori 175  dan yuqori bo‘lganda – bu havo ifloslanish darajasi baland degani.

JST havo tozaligini qanday o‘lchashni tavsiya etgan? 

Shu bilan bir vaqtda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yillar davomida to‘planagan ma’lmuotlar asosida havo tozaligi darajasi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bergan.

Nukusdagi bo‘ron vaqtida havodagi chang miqdori meyordagidan bir necha marta ko‘p bo‘lgan

O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi JST va Germaniya bilan hamkorlikda 2011-yildan 2017-yilga qadar havoning kam dispersiyali moddalar bilan ifloslanish darajasini o‘lchab kelgan. Kuzatuv postlari Toshkent va Nukusda joylashtirilgan. Ushbu kuzatuv natijalariga ko‘ra, Toshkentda RM2.5 moddalari bilan o‘rtacha ifloslanish darajasi 2012-yilda – 34 mkg/m³ni, 2013-yilda – 26 mkg/ m³ni, 2014-yilda – 26 mkg/m³ni tashkil qilgan.

Kuzatuvda aniqlanishiga ko‘ra, havo ifloslanshining eng yuqori ko‘rsatgichlari kuz va qish mavsumlariga to‘g‘ri kelgan. Bu O‘zbekiston iqlimi xususiyatlari hamda isitish mavsumiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Chang miqdori va O‘zbekiston iqlimi

Havoda chang (RM2.5) miqdori nisbatan ko‘proq bo‘lishi O‘zbekiston iqlimiga xosdir. Bunga sabab – quruq iqlim, qumli va tuproqli yeralrning ko‘pligidadir. Bunday iqlim atmosfera havosida chang paydo bo‘lishiga olib keladi. Toshkentdagi AQSh elchixonasida o‘rnatilgan aspob ko‘rsatgichlari esa ayni damda yuz berayotgan hodisalarga juda bog‘liq. Masalan shamol turishi yoki yuk avtomobilining o‘tib ketishi.

Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti yirik aholi punktlarida chang miqdorini o‘lchashda bir necha monitoring stansiyalaridan foydalanishni maslahat beradi.

O‘zbekistonda ham ana shunday monitoring tarmog‘ini o‘rnatish ham rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-noyabrdagi qaroriga muvofiq atmosfera havosida RM10 va RM2.5 zarrachalarini o‘lchash uchun uskunalar bosqichma bosqich sotib olish rejalashtirilgan.