Koronavirusning “oyog‘i” Hindistonga ham yetdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Hindistonning Kerala shtatida koronavirusning birinchi yuqish holati qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Abdulla Aripov koronavirus masalasida majlis o‘tkazdi

“Kerala shtatida Uxan universitetida tahsil olayotgan talabada yangi koronavirusdan kasallanishning birinchi holati qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bemorning ahvoli barqaror va u shifokorlar nazorati ostida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Ulardan 170 nafari vafot etgan. Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya va BAAda yuqtirish holati qayd etilgan.