Komediya filmlar suratga olgan eng mayus rejissor

Nikulin, Vitsin, Morgunov uchligini kinoga olib kelgan Leonid Gayday - latifalarni yoqtirmaydigan, kulgili sahnalar paytida kulmaydigan, eng mayus rejissor edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. U latifalarni yoqtirmasdi, kulgili sahnalar paytida kulmas edi - bu komediya filmlarini suratga olgan rejissorlarning eng mayusi edi, deb yozadi Sputnik kolumnisti Olga Bugrova

Leonid Gayday 1923-yil 30-yanvarda Rossiyaning Amur viloyatida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Urushdan so‘ng Irkutskdagi teatr-studiyada, 1949-1955 yillarda Moskvada VGIKda o‘qigan, 1955-yildan boshlab "Mosfilm"da ishlay boshlagan. 

Kavkaz asirasi 2: Qizni olib qochayotib, ikki marta yerga tushirib yubordi

Gayday deyarli barcha hazillarni o‘zi o‘ylab topgan va o‘ziga nisbatan juda qattiqqo‘l edi. Tasvirga olish guruhi qotib kulib tursa ham va u: "Kechirasiz, lekin bu kulgili emas" - deb yuborishi mumkin edi.

Uning yumori o‘ziga xos edi. Bir safar, VGIK talabasi sifatida, u ma’ruzalardan so‘ng do‘sti bilan ketayotgan edi va yosh o‘qituvchi ayol ularning orqasidan ergashdi - qishning qorong‘i oqshomi edi, u yolg‘iz qolishga qo‘rqardi. To‘satdan Gayday unga o‘girilib, qo‘pollik bilan talab qildi: “Ey, po‘stiningni yech! Gapimni tushunmadingmi yoki senga yordam berib yuboraymi? Shunda uni institutdan haydashdi. U tiklanishga muvaffaq bo‘ldi, ammo kelajakda u "hazillarini" to‘g‘rilab oldi.

Gaydayning yigirmaga yaqin filmi bor. Eng yaxshilari 60-yillarda paydo bo‘ldi: "I operatsiyasi", "Kavkaz asirasi" va "Briliant qo‘l". 15 oylik ijara davrida komedik "trilogiyani" 222,8 million tomoshabin, SSSRning deyarli butun 250 million aholisi tomosha qilgan.

"Barbos va noodatiy kross" va "Samogonchilar" qisqa metrajli filmlari ham juda muvaffaqiyatli chiqdi. Gayday "Barbos"ni suratga olishni boshlaganida, hech kim kulgili joyini tushunmadi: uchta ahmoq o‘zlari tashlab ketgan dinamitni tishlagan itning orqasidan yugurishmoqda. Filmda kashf qilingan uchlik komidiyaning kuziri bo‘lib chiqdi: Qo‘rqoq, Tajribali va Tentak (Balbes). Aktorlar Vitsin, Morgunov va Nikulin Gaydayning boshqa filmlarida ham - talisman sifatida paydo bo‘lgan.

Nikulin bugun 95 yoshga to‘lgan bo‘lardi

Talisman hayvonlar bo‘lgan. Boshlanishida ikkita it: Brex va Reks. Brex ("Barbos") ko‘plab dubllarni talab qildi - yuguratib u oyog‘ini to‘ngakka ko‘tarish uchun "dinamit"ni tashlab yuborardi. Bir marta "Samogonshiklar"dagi Reks bir safar shunchali tezlashdi-ki, u bir necha kun o‘rmon bo‘ylab yugurib yurdi. Shundan keyin, u hech narsa bo‘lmagandek qaytib keldi va o‘ynashni davom ettirdi.

"Kavkaz asirasi"da birdaniga uchta eshak suratga olindi. Birinchi kadorlarda eshakni yurishi yoki turishi uchun rejissor yordamchilari hayvonni turli xil yuklar bilan ishga tushirishdi. Birinchisida u og‘ir edi, eshak esa qaysarlik qilib holda turib oldi. Boshqasida esa – aksincha, eshak majburlashsiz yurdi. Uchinchisi har ehtimolga qarshi edi - uning yuklari har qanday bo‘lishi mumkin edi.

Eng ko‘proq Leonid Gayday mushuklarga omadliroq deb ishonar edi. U qora mushuklarning sirli kuchga ega ekanligiga ishongan va ularni eng sirli epizodlarga qo‘ygan. Qora mushuk "Briliant qo‘l"dagi Gesha Kozodoyevni tushida kirgan, "Ivan Vasilyevich ..." filmidagi mushuk vaqt aro o‘tib Monomax shlyapasiga aylangan. Gayday 9 mushuk aktorlari bo‘lgan.