Kimlarga pomidor yeyish mumkin emas? Shifokor tavsiyasi

Parhezshunos-shifokor fikriga ko‘ra, pomidorni iste’mol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Solomatina fikriga ko‘ra, pomidorni iste’mol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi. RIA Novosti xabariga asosan.

Qozog‘istonlik ayol mandarin ichidan tabletkalarni topdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, organik kislotalarning ko‘pligi sababli pomidor gastrit va oshqozon yaralari kasalliklarida, buyrak toshlari bo‘lgan odamlarga iste’mol qilishni tavsiya etmaydi.

“Bundan tashqari, ovqatga ko‘p ketchup qo‘shishni tavsiya qilmayman. Uning tarkibiga shakar qo‘shiladi, bu esa organizm uchun foydali emas”, - deydi Solomatina.

Shu bilan birga, shifokor pomidor tarkibidagi vitaminlar, mikro va makro elementlar borligi, shuningdek, barcha organlarga antioksidant ta’sir ko‘rsatadigan likopinni, prostata beziga foydali ta’sir ko‘rsatib, onkologiyani oldini olish xususiyatlariga ega ekanligini eslatib o‘tdi.

Parhezshunos ta’kidlashicha, issiqlik bilan ishlov berilgan pomidorlar yangi pomidorlarga qaraganda foydaliroq, shuning uchun ularni iste’mol qilishdan avval ularni past olovda qisqa vaqt davomida pishirish zarur.