TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Rossiya Konstitutsiyasida "prezident" atamasini "oliy hukmdor"ga aylantirish tashabbusi yangi, bosh qonunga kiritiladigan tuzatish ishlari davomida ko‘plab g‘oyalar kelib tushmoqda, ayrimlari qabul qilinadi, qaysinisidir tushirib qoldiriladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Ushbu ish (Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatishlar - tahr.) davomida bo‘ladigan munozaralarda ko‘plab takliflar tushmoqda, munozara maqsadi ham shunda - fikrlarni jamlash. Davlat rahbari o‘z tashabbusini ilgari surdi va endilikda kommisiyaga mutlaqo erkin rejimda qo‘shimcha xarakteriga ega bo‘lgan fikrlar kelib tushmoqda, keyinchalik, muhokama natijasida allaqanday (takliflar - tahr.) tushib qoladi, qaysinisidir qabul qilinadi, qaysinisidir yo‘q, shu bilan komissiya ishining asl yakuni shakllanadi. Hozircha hammasi munozara rejimida bormoqda", — dedi Peskov, jurnalistlar tomonidan berilgan, Kremlda Rossiya Konstitutsiyasidagi "prezident" atamasini "oliy hukmdor" atamasiga aylantirish taklifi borasida qanday fikrda, degan savolga javob berar ekan.
U shuningdek, "bu yangi tashabbusligini, prezident Putin bu borada hech qanday fikrda emasligini" qo‘shimcha qildi.
"Kelib tushayotgan takliflar xilma-xil. Bizning Konstitutsiyamizda "Rossiya prezidenti" deb yozilgan", - deya ta’kidladi Peskov.