Elchixona vakili Uxandagi vaziyat yuzasidan vahimaga berilmaslikni so‘radi

Koronavirus borasida Uxandan ko‘ra chet davlatlarda ko‘proq vahima qilinmoqda - Pekindagi O‘zbekiston elchixonasi vakili.
Sputnik

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi vakili Akmalxon Olimxonov Uxandagi vaziyat yuzasidan videomurojaat bilan chiqdi.

Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun TIV eslatmasi

O‘z murojaatida elchixona vakili ayni damda Pekindagi elchixona xodimlaridan iborat shtab tuzilganini va ular xitoydagi O‘zbekiston fuqarolari bilan doimiy aloqada ekanligini xabar qildi.

Shuningdek Olimxonov Uxandagi  fuqarolar bilan ham aloqa o‘rnatilganini, shahardagi vaziyat Xitoy hukumatining to‘liq nazorati ostida ekanini xabar qildi. Elchixona xodimining so‘zlariga ko‘ra, Uxandagi O‘zbekiston va boshqa davlat fuqarolari shaharda e’lon qilingan karantin tufayli u yerni tark eta olmasliklarini tushintirdi.

Shu bilan birga, hech qanday vahimaga o‘rin yo‘qligini, koronavirus bilan kurashga xitoyning eng tajribali shifokorlari jalyub etilganini ham aytib o‘tdi. Shuningdek Uxan shahri supermarketlarida ham oziq-ovqat muammolari yo‘qligi alohida qayd etildi.  

Elchixona vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda ushbu mamlakatning 3ta shahridan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatsiya parvozlari amalga oshirilmoqda. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi xabardan topishingiz mumkin.