O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon darosida GES quradi

Ikki davlat ishchi guruhi Tojikiston hududidagi Zarafshon darosida Yavan GESini qurish loyihasini muhokama qildi. Loyihaning dastlabki qiymati 282 mln dollarni tashkil qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon darosida GES bunyod etishni muhokama qildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu masala ikki davlat ishchi guruhining uchrashuvida muhokama qilingan.

“Muhokama mavzusining asosiy masalasi – Tojikiston Respublikasi hududidagi Zarafshon darosida Yavan GESini qurish loyihasi bo‘ldi. Loyihaning dastlabki qiymati taxminiy miqdori 282 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Yavan GESning yillik elektr energiyasini ishlab chiqarishi 140 MVtga teng bo‘ladi.

Tojikiston delegatsiyasi bilan yakuniy-xulosaviy uchrashuv 29-yanvar kuni o‘tkaziladi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rejalariga doir masalalar yakuniy tarzda ko‘rib chiqiladi.