MIB 80 dan ortiq xodimning ish haqlarini undirib berdi

MIB maoshlarini o‘z vaqtida ololmay kelayotgan 83 nafar xodimning mehnatga haq olish huquqining tiklanishiga yordam berdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. MIB maoshlarini o‘z vaqtida ololmay kelayotgan 83 nafar xodimning mehnatga haq olish huquqining tiklanishiga yordam berdi. Bu haqda Majburiy ijro burosi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kredit berishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlar uchun “InFinBank”ka jarima qo‘llanildi

Qayd etilishicha, MIB Kogon tuman bo‘limi Kogon tumanlararo sudining qaroriga asosan “Neftgazqurilishta’mir” AJning 2-son vakillik korxonasidan 2 nafar, “Muborakneftgazmontaj” OAJ qarashli “KIP Montaj Servis” unitar korxonasidan 81 nafar ishchi-xodimlar mehnatga to‘lanadigan ish haqlarini o‘z vaqtida ololmay kelgan.

MIB ushbu xodimlarning jami 748,1 mln. so‘mlik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirilishida amaliy ko‘mak bergan.