TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. “Human” xususiy bandlik agentligi MChJ rahbari ustidan sud hukmi o‘qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Sh. Fayzullayevga uzil-kesil 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Sudlanuvchidan 1080 nafardan ortiq jabrlanuvchilar foydasiga 21 milliard 192 ming so‘mdan ziyod miqdorda moddiy zarar undirilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida “Human” xususiy bandlik agentligi” rahbariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud boshlangani xabar qilingan edi.