Qozog‘iston Xitoyga koronavirus bilan kurashda yordam beradi

Qozog‘iston koronavirus bilan kurashda Xitoy bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Xitoyga malakali mutaxassislar yuborilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. Qozog‘icton bosh sanitar shifokori Jandarbek Bekshin joyda vaziyatni o‘rganish uchun o‘z epidemiolog mutaxassislarini Xitoyga yuborishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘icton xabariga asosan.

Uxandan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilishga qo‘yilgan ta’qiq bekor qilingani yo‘q - TIV

Bekshin so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston koronavirus bilan kurashishda Xitoy bilan hamkorlik qilishga tayyor.

“Agar vaziyat talab qilsa, biz joyda vaziyatni o‘rganish uchun o‘z malakali epidemiolog mutaxassislarimizni Xitoyga yuborish, shuningdek, u yerda amalga oshirilayotgan epidemik chora-tadbirlarni tashkil qilish borasida tajriba almashishga tayyormiz”, - dedi Bekshin.

Hozirgi vaqtda Qozog‘iston shifoxonalarda koronavirus yuqtirgan bemorlar yo‘q. Ammo agar bemorlarda koronavirusga shubha bo‘lsa, bemorlarning tahlillarini Rossiyaga yuboriladi.

"Biz tibbiy tashkilotlardan namunalarni, Qozog‘istonda laboratoriya diagnostikasi laboratoriyalariga yetkazib berishning logistika algoritmlarini ishlab chiqdik, keyinchalik JSST markazlariga yuboramiz, shuningdek, Rossiya bilan ham hamkorlik qilamiz. Bu yaqinimizda. Novosibirskka samolyotlar har kuni parvoz qiladi”, - dedi Bekshin.

Xavfli virus tarqalishi

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Bemorlarning soni tez fursatda oshmoqda.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Kanada, Tailand, Vyetnam, Singapur, Tayvan, Gonkong, Makao, Nepal, Avstraliya, Malayziya, Fransiya va AQShda ham bu virus aniqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 2744 kishi kasallangan bo‘lib, 80 kishi vafot etdi.