Iroda To‘laganova yana bir nufuzli lavozimga saylandi

O‘zbekistonlik mashhur tennischi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. O‘zbekiston tennis federatsiyasining bosh kotibi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasining vitse-prezidenti etib saylandi.

O‘zbekistonda chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra,  To‘laganova o‘tgan yilning 1-dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda OTF direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan. Ortda qolgan vaqt mobaynida uning samarali faoliyati uni xalqaro tashkilotning vitse-prezidentlik darajasiga ko‘tardi.

Mashhur tennischi  Iroda To‘laganovani nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda yaxshi bilishadi. U yakkalik bahslarida 3-martadan WTF va ITF turnirlari g‘olibasi hisoblanadi. Iroda To‘laganova “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.