Yerga xavfli ulkan asteroid yaqinlashmoqda - NASA

Fevral o‘rtalarida Yer yaqinidan xavfli asteroid uchib o‘tadi. U parvoz trayektoriyasi sababli sayyoraga xavf tug‘dirishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 27 yanv – Sputnik. NASA kosmik agentligi Yerga xavfli asteroid yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Yerga kilometr kattalikdagi asteroid yaqinlashmoqda

15 fevral kuni samoviy jism yerga minimal masofaga yaqinlashadi, Oygacha bo‘lgan masofadan 15-marta bo‘lgan kam.

“Apollon” guruhiga kiruvchi ulkan asteriod – uning parvoz yo‘li yer orbitasidan kesib o‘tishi tufayli, xafli hisoblanadi.

163373 raqamli asteroid o‘lchamlari 440 dan 990 metrni tashkil qiladi, 1995-yil 23-oktabrda aniqlangan.

Bundan avval Yerga bir kilometrga yaqin bo‘lgan asteroid yaqinlashgan. O‘sha vaqtda NASA sayyoraga hech qanday xavf solmasligini ma’lum qilgan. Asteroid Yer yaqinidan – Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 16 baravar uzoq masofada uchib o‘tgan.